Amir temur va islom

  • 02 апр. 2011 г.
  • 11097 Слова
Mavzu: Amir Temur va islom
I. KIRISH
1.1. Amir Temurning nomi va qadr-qimmatining qayta tiklanishi.
1.2. “Amir Temur va islom” mavzusida “Bitiruv ishi” yozishimdan maqsad.
II. ASOSIY QISM
2.1. Amir Temur- oliy fazilatlar sohibi va xalqparvar hukmdor.
2.2. Amir Temur harbiy yurishlarining sabab va oqibatlari va uning davlat mafkurasi.
2.3. Amir Temur tomonidan Qur’oni karim asl nusxasiningkeltirilishi.
2.4. Sohibqironning vafoti va uning tarixiy xizmati.
XULOSA:
“Bituruv ishi” yozishimda olgan ta’surotlarim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA



I BOB. KIRISH
1.1. Amir Temurning nomi va qadr-qimmatining qayta tiklanishi.
Alloh taollohning marhamati ila o’zbek xalqiga shunday jannatga qiyos etgulik zamin berilgan, bunaqasi jahonda kam uchraydi. Avvalamboryurtimizda qish, bahor, yoz va kuz ibodat to’rt faslni bir yilning o’zida ko’rish mumkin. Bu inson salomatligi va farovon hayotini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, shunday mamlakatlar borki, yil mobaynida issiqlik hukm surishidan qish va bahorni ajratolmaysiz yoki sovuqlik salqinlik gashtini surolmaysiz. O’zbekiston esa o’zining ajoyib iqlimi, serquyoshligi, misaffo havoisi, zilolsuvlari, unomdir yerlari, shirinlikda tengi yo’q bog’dorchiligi va polizchilik mahsulotlari, oltin, kumush, mis va boshqa boyliklari bilan shuhrat qozongan.
Shu tariqa O’zbekiston ajoyib-g’aroyib mamlakat sifatida eskidan nom chiqari, jahongashta hukmdorlarining diqqatini jalb etgan. Ular qanday bo’lmasin bu zaminni bosib olishga urinishgan va boyliklarini qo’lga kiritish uchun hech narsadan tabtortmagan. Ular minglab odamlarni qirib, shahar va qishloqlarimizni vayron etib, yuz yillar mobaynida yurtimizda hukmronlik qilishgan.
Masalan, miloddan oldingi asrlarda eronlik Ahamoniylar 200 yil , so’ngra grek-makedoniyaliklar 180 yil, Arab xalifaligi salkam 200 yil, mo’g’ullar 150 yil, Chor Rossiyasi va Sovet davlati 130 yil bu o’lkani o’z panjaralarida ushlab turgani tarixda yaxshi ayon.Umumlashtirganda, bu raqamlar 850 yildan oshadi. Ammo qirg’in-barotlar va katta talofotlar o’zbek xalqini yer yuzidan sidirib tashlay olmadi. Chunki bu xalq “olovda yonmaydigan va suvda cho’kmaydigan” qilib yaratilgan ekanki, dahshatli va fojiali hayotning asirigaaylanmay, mustaqillik va ozodlikni tiklashga qaratilgan kurashni davom ettiraverdi.
Xo’sh, shunday ekan, nima uchun ozodlik kurashlarimag’lubiyatga uchrab, bosqinchilar yuz yillab hukumronlik qilgan?
Bunga birinchi navbatda taxtning merosxo’rlik tartibi va uning uchun olib borilgan urushlar sabab bo’lgan. Ma’lumki, hukumronlik qilayotgan sulolada hamma vaqt ham otasi yoki buvasiga o’xshagan aql-idrok va iste’dodli farzand tug’ulavermagan. Shunga qaramay, merosxo’rlik qonuni bo’yicha noqobilfarzand ham taxtni egallayvergan. Buxildagi hukumdorlar o’zlarining qobiliyatsizligi va ojizligi tufayli shaxsiy manfaat va huzur-halovatini umumdavlat manfaatidan ustun qo’yib ish yuritgan. Natijada inqiroz va qoloqlik yuzaga kelgan. Hukumdorlardagi ko’pxotinlik va serfarzandlik ham doim zarar keltirgan. Otasi bir, onasi boshqa farzandlarning har biri “taxt menga tegishli” deganfikr bilan yashab, uni egallash uchun har xil fitnalar,hatto aka-ukalarni o’ldirish yoki o’zaro borodarkushlik qilishdan ham qaytmagan. Tabiiyki, bunday taxt talashish va janjallar juda katta fojialarga olib kelgan. Mamlakatda parokandalik va tarqoqlik, xavotirli holat va notinchlik hukm surib, hokimiyat boshqaruvi va davlat qudratiga salbiy ta’sir etgan.
Qo’shin orasida tarafkashlik va o’zboshimchalik yuzaga kelib, mamlakat mudofaasi zaiflashgan. Buesa bosqinchilarga juda qo’l kelgan. Diniy fanatizm ham mustaqillik va ozodlikning barbod bo’lishiga olib kelgan asosiy omillardan biri bo’lgan. Yuqorida sharhlangan sabablar bilan bir qatorda yana shuni hisobga olish kerakki, ozodlik kurashlarga aql-idrokli, jasoratli, batanparvar va mohir tashkilotchi bosqinchilik qilgandagina g’alabaga erishilgan. Aks holda ular tor-mor etilavergan....
tracking img