Navoiy

  • 22 марта 2011 г.
  • 1144 Слова
[pic]
ALISHER NAVOIY
(1441-1501)
Navoiy ijodi O’zbek mumtoz adabiyotining eng yuksak bosqichidir. U ko’plab asarlar yozgan shoir. Alisher Navoiy o’zbek tili va adabiyotining dovrug’ini olamga yoydi. Shoirning avlodlarga qoldirgan eng buyuk obidalaridan biri “Hamsa” edi. “Hamsa”- beshlik degani. U besh mustaqil dostondan tashkil topgan. Har bir doston muayyan mavzu, voqeani masnaviyyo’li bilan yoritib beradi. “Hamsa” yozish ma’lum tarix va ananaga ega. Sharq adabiyotida “Hamsa” yozishni boshlab bergan buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) bo’ldi. U 1173-1201 yillarda, 28- yil davomida besh dostonni o’z ichiga olgan “Besh hazina” dostonini yaratdi . Oradan yuz yil o’tgach , Hindistonda ota-bobolari asli shahrisabzlik turkiy qabilalardan bo’lgan Xusrav Dexlaviy(1253-1325) unga javob qildi. Abiyotda hamsachilik ana’nasi paydo bo’ldi va u mahorat maydoniga aylandi.
Har bir asar”Hamsa”atalmog’i uchun:
1. Besh dostondan tashkil topmog’i;
2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lmog’i;
3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojorolariga bag’ishlanmog’i;
4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilibolmog’i;
5. To’rtinchi doston Baxrom, beshinchi doston Iskandar haq1ida yozilmog’i shart edi.
XV asrda ikki buyuk hamsanavis-Navoiy va Jomiy maydonga chiqdilar.
Navoiy o’z “Xamsa”sini 1483-1485-yillarda yozib ,dostonlarni quyidagicha nomladi: “Hayrat ul-abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Jomiy esa keyinroq “Xamsa”siga yana ikki doston qo’shib,“Haft avrang” “Yetti taxt” deb atadi.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddinKichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. Alisherning bobosi Temurning o`g`li Umarshayx bilan emikdosh (ko`kaldosh) bo`lgan ekan.
   Buyuk shoir o`z asarlarida o`z asarlarida bu qutlug` dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimaiholiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to`g`risidagi ba`zi ma`lumotlarni esa uning zamondoshlari o`z kitoblarida beradilar.
Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib,mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so`ng uni maktabga berdilar. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo`lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Alisherzamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma"ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.
Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog`liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho`li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo`ldan chiqib, bo`lajak shoir egardan tushib qoladi, uyquzo`rlik qilib, uyg`onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to`xtab qoladi.
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg`onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo`q. Yolg`iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O`n yoshli bola o`zini qo`lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo`lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib...
tracking img