Turbo Pascal po uzbekskiy

  • 18 янв. 2011 г.
  • 1462 Слова
Mavzu: Turbo Paskal bilan ishlash
Reja: 1.Turbo Paskalda ishini boshlash tartibi.
2. Funksional klavishlar.
3. Matn muharriri.
4. Turbo Paskalda dasturlar bilan ishlash.
Turbo Paskal tizimi bir nechta distributiv disketlarda beriladi va qattiq diskka o'rnatiladi. Qattiq diskda tizim ochilganda, odatda, TP (yoki PAS, TURBO PAS, PASCAL va h.k.) nomli catalog hosil qilinadi, bu kataloggadistributive disketdagi hamma fayllar jaylashtiriladi. Turbo Paskal muhitini ishga tushirish uchun shahsiy kompyuterning kataloglar shjarasida bu katalogni va undagi TURBO. EXE faylini topish kerak. Bu fayl Turbo Paskalning ishga tayyor dasturlash muloqot tizimiga ega. Unga Turbo Paskalning minimal miqdordagi zaruriy qismlari (matn muharriri, kompilyator, joylashturivchi, yuklovchi) kiradi. Shuningdek,muloqot muhitida normal ishlash uchun TURBO. TPL fayilda asosiy kutubxona va yordam xizmati (TURBO. HLP ham bo'lishi kerak. Ko'pgina misollarining yozilishi, tarjima (kompilyatsiya) qilinishi va bajarilishi uchun shu fayllar yetarli.
Sanab o'tilgan fayllar D diskning TP katalogida joylashgan bo'lsin. Unda Turbo Paskalni chaqirish uchun:
D:\TP\TURBO buyrug'iniberish kerak.
Bu buyruq bo'yichaMS-DOS operatsion tizimi TURBO.EXE faylidan dasturni bajarishga qo'yadi: dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va unga boshqarishni uzatadi.
Yuqorida sanab o'tilgan fayllarga ega catalog tizim (sistema) katalogi, deyladi. Tizim katalogini joriy catalog qilib ishlatish mumkin emas. Chunki, birinchidan, dasturlash tizimidagi qandaydir bir faylni o'chirib qo'yib, uning ish qobiliyatini buzish mumkin,ikkinchidan, bu catalog tezda Turbo Paskalga tegishli bo'lmagan boshqa faylar bilan to'lib qolioshi mumkin. Yana bir sababi shuki, Turbo Paskal TURBO. TP va TURBO.PSK nomli fayllar orqali ishga tayyor bo'lish xususiyatiga ega.
Tizimi chaqirilganda u joriy katalogdan bu fayllarni izlay boshlaydi. Agar bu xususiy katalog bo'lsa, tizim har safar foydalanuvchining xihishiga ko'ra ishgatayyorlanadi. Agar bu fayllar katalogda topilmasa (Turbo Paskalga birinchi murojaatda shunday bo'ladi ham), sistema izlashni tizim katalogida davom etiradi. Ularni u yerda topolmagach, standart tarzida ishga tayyorlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi ishga tayyorlash fayllarni shaxsiy katalogga saqlab qo'yib, shu bilan u har safar tizimga murojaat qilingandan keyin uni qayta ishga tayyorlash zaruriyatidanqutilishi mumkin.
Sistema muvaffaqiyat bilan chaqirilgach, shaxsiy kompyuter ekrani birinchi rasimda ko'rsatilgan ko'rinishni oladi:

Turbo Paskaldan chiqish uchun alt klavishini, uni qo'yib yubormasdan turib, X lotin harfli klavishini bosish va har ikkala klavishni qo'yib yuborish kerak.
Yuqori satr Turbo Paskalning mumkin bo'lgan ish rejimlari ''menyu'' sidan, quyi satr asosiy funksionalklavishlarning qo'llanilishi to'g'risadagi qisqacha ma'lumotdan iborat. Ekraning qolgan qismi, ikkilamchi ramka bilan chegaralangan va dastur matnini kiritish hamda tahrirlash uchun mo'ljalangan, tahrir oynasiga tegishli. Uning yuqori satrida dastur matni o'qilgan disk faylining nomi (yangi faylga NONAME.PAS ismi beriladi) va ''sichqon''- kiritish qurilmasi bilan ishlashda foydalaniladigan maydon (bumaydonlar kvadrat qavslar bilan belgilangan) hamda 1 raqami - oyna raqami keltiriladi. Turbo Paskalda bir vaqtda bir nechta dasturlar (yoki bitta yirik dasturning qismlari) bilan ishlash mumkin. Ularning har birialohida tahrir oynasini isglatishga imkon beradi.
Turbo Paskalda tahrir oynasi (oynalari) dan tashqari tahrir rejimi, dastur ishi natijasini chiqarish, yordam, registrlar xizmati ynalariishlatiladi. Xohishga ko'ra ular ekranga navbat bilan chaqiriladi yoki unda bir vaqtda mavjud bo'ladi.
Funksional klavishlar Turbo Paskal muhitini boshqarish uchun ishlatiladi. Ular F1,F2,...F12 deb belgilanadi va klaviaturaning eng yuqori registrida joylashgan bo'ladi. Bu klavishlarning har biri bilan menyuning qandaydir bir buyrug'i bog'lanadi. Deyarli hamma klavishlarning ishlashini uchta...
tracking img