Uzbekistan

  • 16 февр. 2011 г.
  • 2702 Слова
M. Behbudiy, Munavvar Qori, A. Avloniy

XIX asr ohiri – XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidchilik harakati keng kuloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so’zi arabcha bo’lib, yangi usul degan ma’noni anglatadi. Ammo jadidchilar harakati fakat madaniy-ma’rifiy harakat, ya’ni eski maktablarning kiyin o’kitish tizimiga nisbatan yangi usuliga asoslangan yangi metod asosidagio’kitishga o’tishdangina iborat emasdi. U ayni chog’da keng, chukur mazmundagi ma’naviy-ma’rifiy milliy tarakkiyot va milliy istiklol muammolarini ham o’z ichiga olgan edi. Bu harakatning yuzaga kelishida O’rta Osiyoning o’zidagi demokratik harakatdan tashkari O’rta va Yakin Sharq mamlakatlarida keng kuloch yoyib rivojlangan falsafiy-diniy okimlar va Turkiyadagi «Ittihod va Tarakkiy», «Yosh turklar»harakatining ta’siri ham katta bo’ldi.
Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik XIX asr ohiri – XX asr boshlarida kuchayib, chorizm mahalliy aholini iqtisodiy jihatdan talash, ezish bilan birga ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turli, ma’naviy kashshoklantirishga intildi. Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga chinovniklar, harbiy, bankirlar, savdo-sanoatchilar, muhandis-tehniklar, ruxoniylar,ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edilar. Birok ular kanday urinmasin mahalliy aholining ozodlik uchun intilishini so’ndirolmadi. Tarihiy vaziyat millat ravnakini o’ylovchi ziyolilar mahalliy burjuaziya vakillari ulamolar orasidan xalqni uyg’otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.
Sharq bilan G’arbnitakoslab, musulmonlar va turkiylar dunyosi, hususan Rossiya tassarrufidagi musulmonlarning jaxon tarakkiyotidan uzilib kolayotganini krim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’k qilish, ma’naviyat-ma’rifat orkali tarakkiy topgan mamlakatlar darajasiga ko’trish harakatini boshlab berdi. U maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviyfanlarni o’kitish masalalarini ko’tardi. Gaspirali 1884 yilda Krimdagi Bokchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U tashkil kilgan maktab o’kuvchilari uchun o’kuv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. 40 kun ichida 12 ta o’kuvchining savodini chikarib, tezda shuhrat kozondi. «Tarjimon» gazetasini chikarib, o’z g’oyalarini tarkata boshladi. 1888 yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlargayo’ldosh» kitobini nashr etib, jadid maktablarining kurilishi, dars o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtixonlar olish usullarini ko’rsatdi.
Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkiston, Buhoro amirligi va Hiva xonligiga ham kirib keldi. U 1893 yilda O’rta Osiyoga kelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi. Buhoro amiri huzurida bo’lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Ana shundan keyin Turkistonziyolilari jadidlar g’oyasini ko’llab maorifni isloh qilish, «usuli jadid» maktablarini ochishga kirishdilar.
1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon kori jadid maktablariga asos soldilar. 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari faoliyat ko’rsatdi. O’rta Osiyoda jadidchilik harakatining yirik vakillari:Munavvar kori Abdurashidxonov, Mahmudho’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon, Ubaydullaho’ja Asadullaho’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Usmonho’ja Po’latho’jayev, Fayzulla Ho’jayev, Ahmadjon Mahdum, Abdulvohid Rafiy va boshkalar edi.
Talabalarga Turkiston tarihi, turkiylar tarihini o’rganishga alohida e’tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg’otishga, jamiyatni etnikjihatdan birlashtirishga hizmat qilardi. M.Behbudiyning «o’z urug’ining otini bilmagan, yetti otasini tanimagan kul-mankurtdir» degan so’zlari talabalarni milliy o’zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar Qorining «Adibi avval», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muhtasari tarihi islom», «o’g’g’rofiya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy...
tracking img